Bilib oling: (Dasturchi bo'lmoqchimisiz?)

Genz
Zufarbek Abdurahmonov
25 Iyul 2023421 kun oldin
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
- lanch bo'lish kerak emas.
- shustriy bo'ling.
- hammasi o'z vaqtida bo'lishi shart.
- intizomingizga jiddiy qarang.
- nima qilayotganingizni konkretna bilib qiling, bita joyda aylanib yuravermasdan. 4-8 soatlar bitta joyda galdiranglab yurgandan ko'ra 15 minut oddiygini funksiyani qanday ishlayotganini tahlil qilganingiz million marta afzal.
- ko'proq amaliyot qilish kerak. Amaliyotni ham tushunib qilish kerak (lyuboy videodan ko'rib bir xil kod yozib ketavermasdan, ozgina to'xtab tahlil qiling o'zi nima yozganingizni)
- 200 ta tugallanmagan lekin turli xil stacklarni ishlatgan loyihalaringizni bari shunchaki bir tin. Undan ko'ra oddiy html, css da to'liq bir Pixel Perfect da qilingan Landing sahifa yaxshi. 
- qo'ylanib ko'pam chalg'imasdan konkretna o'zingiz yoki ustozingiz chizib bergan yo'l bo'ylab keting. 
- sal mindey soft skill laringiz ustida ham ishlang. Mindey bir gapirish, tushuntirish, muamoni anglab olish, o'zizni tutish qobilyalatlaringiz yoq. Ichizda gapirmasdan tashqarida gapiring mindey bir balandroq, eshitaylik biz ham, bir yechim berardik.
- har bir oddiy narsani so'rayvermay ozgincha o'ziz ham izlaning. Kompyuteringiz bilan dunyoni barcha ma'lumotlariga ega bo'lasiz, Lyuboy soha bo'yicha ma'lumotlar tiqilib yotibdi. Sun'iy intelektlarni aytmasa ham bo'ladi.
- turli xil motivatsiyalarga berilavermang, hammasi yolg'on.
- siz kuchli depressiya, siqilish, demotivatsiya, sog'likni yo'qolishlari, yaqinlaringiz bilan kop vaqt bo'la olmaslik va boshqa narsalar yo'qotish sizni kutib turibdi. Bularni hali hech nima emas... davom etsam kop.
- shunday holatlarga tayyor bo'lsangizgina davom eting. IT sohasida ko'proq o'rtoqlar ortiring, hech qanday tadbirlarni qoldirmeng, faqat kod yozib yuravermasdan.
- maqsad katta pul topishmi, boshqa nima bo'lsa ham, siz prosta tak o'ylab o'tiravermasdan katta sababini qiling! Sababini qilish bu shungachki qoldirmasdan ketma ket to'plab borayotgan ilmlaringiz boladi. O'tiravermang komyuterni ovolib takoy, men dasturchiman v.klar deb. 
- eeexx o'qimislarmiyee, shuncha sharoitilaringiz bor. Nolishga vopshem haqillaringiz yo'q. 
- kompyuteri yo'q, jaydari, qishloqdan kelgan o'rtoqlarimiz, hozir butun korxonani Project Manageri bo'lib IT loyihalarni boshqaradi. Siz esa hali ham IELTSim bor ulgimayapman, sesiya kelib qoldi, kasal bo'lib qoldim, isitmam chiqyapti, boshim og'riyapti, darsga bora olmayaman, vaqtim bo'lmadi deb yuribsiz.
- vaqtingiz yo'qmi suring, nima qilasiz jiddiy kirishmasangiz, sizga kim jiddiy qaraydi. Shu uchun ham siz kelajangizni ko'ra olmay o'tiraverasiz "Men ham dasturchi bo'la olamanmi? Ish topa olamanmi?" v.k deb.
- sizlarni o'rnilaringizda bo'lganimda, maqsadim jiddiymi, tamom hech kim va hech narsa meni chalg'itishiga yo'l qo'yib bermasdim.
- eeex bollar o'qinglar sharoitdan foydalaninglar! Oldin ham, hozir ham, keyin ham, faqat Raqamli texnalogiyalar davri bo'ladi. Biz bu bo'yicha eng zo'r kadr, mutahasis va startup asoschilar bo'lishimiz kerak. 
p.s: Ichimdagi dardlarim holatlarni ko'rib, joyida bir yozib qo'yay, kimdirga foydali bo'lar dedimda. Ayniqsa endi o'rganuvchi va ishga kirishga tayyorgalik ko'rayotganlar uchun.
#sifatli ta'lim
#tajriba
#dasturchilar