Outsource IT kompaniyada ishlash

Genz
Alisher Shamuratov
18 Avgust 2023396 kun oldin
Bizning ijtimoiy tarmoqlar

                Outsource IT kompaniyada ishlashning foydali va zararli taraflari.

 

    Outsource IT kompaniyalar bular buyurtmachining dasturiy ta’minotini qisqa muddatda va kam harajatlilik va sifatni ta’minlagan holda tez loyihani topshirishga qaratilgan kompaniyalar outsource kompaniya deb ataladi. 

 

    Keling endi  tezlikka va sifatga urg’u beradigan bunday kompaniyada stajor yo’ki junior dasturchi bo’lib ishlaydiganlar uchun foydali taraflarini ko’rib chiqamiz. Boshqa kompaniya va tashkilotlarda faqat bitta loyiha ustida ishlaydigan dasturchilarga nisbatan tezroq o’sishga erishasiz, chunki outsource kompaniyada bir kunda bir nechta loyihada ishlashga to’g’ri kelishi mumkin va asosan bunday hollarda siz yonayotgan(deadline yaqinlashgan yo’ki o’tib ketgan) loyihada ishlashingizga to’gri keladi va bunday holda sizdan juda tez o’ylash va qaror qabul qilish talab etiladi va buning natijasida o’zingiz qila olmayman deydigan tasklarni qanday qilib tez bajarib qo’yganingizni bilmay ham qolasiz, aytganimdek bitta loyihada ishlaydigan  dasturchining 1 yilda oladigan tajribasini siz outsource kompaniyada ishlash orqali taxminan 3-4 oyda ortig’i bilan olishga erishasiz va problem solving darajangiz ham nisbatan yuqori bo’ladi.

    

    Endi salbiy taraflari haqida gapiradigan bo’lsak, real loyihada ishlash, jamoa bo’lib ishlash kabi narsalarni bilmaydigan dasturchi va githubda faqat  git pull va git push dan boshqa narsa qilib ko’rmagan dasturchiga outsource kompaniyada ish boshlashda yaxshigina qiyinchiliklarga duch keladi,  ko’pchilik bunday joyda ishlashga qiynalishadi va asosan 1 hafta yo`ki uzog’i bir oy yurmasdan bunday joylardan ketishadi yo`ki ketkazishadi. Chunki ko’pchilikka birinchi kelganida real loyihalar berishadi va asosan o’zlari internet orqali yechim topishlari talab qilinadi, lekin o’quv markazida mentorning ko’magisiz ishlab ko’rmagan yo’ki hali tayinli googleda o’zining bug (koddagi xatolik) lariga yechim topa olmaydigan odam uchun bir muncha  qiyinchiliklarga olib keladi, albatta bunday kompaniyalarda yuklamalar ko’pligi, tasklarni bajarish uchun qolib ham ishlashga to’g’ri kelishi mumkin va ko’pchilikda bu stresga sabab bo’lishi mumkin va albatta buning natijasida “Burnout” ya’ni kod yozishdan charchash,  shu kun kod yozmasam bo’ldi deydigan holatga kelib qolish va o’zingizni boshqa narsalarga chalg’itishga urunish. 

    Tepadagilarni o’qib endi dasturlashni boshlamoqchi bo’lganlar yo’ki endi o’qishni tugatganlarda men bunga tayyormikanman yo’ki bunday joyda ishlay olamanmikan degan savol paydo bo’lishi mumkin, mening maslahatim birinchi ta’surot eng muhimi shuning uchun ham sizdan hech bo’lmasa 1-2 ta pet project, git(github) bilan ishlashdagi yaxshi ko’nikma va albatta ko’proq problem solving darajangizni oshirib kirishni tavsiya beraman va siz bu ko’nikmalar bilan tezroq jamoaga moslashib keta olasiz.

#sifatli ta'lim
#tajriba
#ustozlar