Job intervyularda tushgan yana bir qiziq savol

Genz
Salimbek Karimbaev
21 Avgust 2023393 kun oldin
Bizning ijtimoiy tarmoqlar

Intervyularda tushgan savollardan yana bittasi juda e'tiborimni tortgan bu adashmasam oxirgi intervyuda tushgan edi. Bolgariya kompaniyasi tomonidan bunda ham odatdagidek birinchi qism teoriya so’ralgan keyin esa misol berilgan. Intervyularda teoriyani nega so’rashar ekan deb juda boshim qotar edi . Ish tajribam oshgandan so’ng bu nega so’ralishini ancha tushinib yetdim, teoriyani yaxshi tushungan odam yaxshi kod yozar ekan, ya'ni u biladi nimani ishlatish to’g’riligini. Shunchaki kod ishlasa bo’ldi deb kod yozmaydi ,shuning uchun hozirgi bo’lajak dasturchilarga maslahatim javascript bo’lsin yoki boshqa texnologiya bo’lsin kitob o’qinglar teoriyalarni mag’zini chaqinglar! Har doim intervyularda shunga ahamiyat berish kerakki, berilgan savol yoki misolga darrovgina bilar bilmas javob berish kerak emas hayajonlanib, birinchi o’ylab olib chiroyli javob berish kerak! Endi tepadagi intervyuga keladigan bo’lsak bu intervyu menga juda ko’p narsa bergan edi shundagi bitta misol juda mazza qildirgan edi .Bu misol shundan iboratki ,obyekt ichida arraylar ichida array bor shularni yig’indisini topish edi.
const obj = { 
  ab: [1, 2, 3, 4], 
  cd: 4, 
  ef: [1, 2, [3, 4, 10]], 
  gh: [8, 3, [4, 8,[1, 1, 5], 10]], 
 
  z122425: 123, 
};

bu misolda mani hayolimga kelgan narsa shu bo’ldi yani hammasini bitta massivga o’rab olish, ya'ni arrayga. Bunda menga Object.value() metodi kerak bo’ldi . Keyingi ishim massiv ichidagi massivlarni bitta massiv ko’rinishiga olib kelib olish edi . Bunda menga flat() metodi kerak edi va so’ngi bosqich yig’indisini topish edi . Bunda manga reduce() metodi kerak edi, hamma bilgan hamma mashhur metod buni man pastda ko’rsatib beraman:
const obj = {
  ab: [1, 2, 3, 4],
  cd: 4,
  ef: [1, 2, [3, 4, 10]],
  gh: [8, 3, [4, 8, [1, 1, 5], 10]],

  z122425: 123,
}


const second = Object.values(obj)

const flatMethod = second.flat(4)

const sumWithInitial = flatMethod.reduce((accumulator, currentValue) => accumulator + currentValue, 0);

#sifatli ta'lim
#ustozlar
#dasturchilar